«qishloq xo‘jaligi» tegli maqolalar
22 oktabr 2026, 14:57 Iqtisodiyot
Qashqadaryoda 200 ming kishini daromadli qilish rejalashtirilmoqda
Buning uchun sakkizta tumanda 100 ming gektar yaylov o‘zlashtirilib, qurg‘oqchilik va sho‘rga chidamli chorva ozuqasi yetishtiriladi.
21 oktabr 2026, 16:06 Iqtisodiyot
Qarshida Nasaf brendi ostida traktor va qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqaruvchi zavod ochildi
Qiymati $20 mln bo‘lgan va to‘liq xorijiy investitsiya hisobiga moliyalashtirilgan loyiha doirasida yiliga $50 mlnlik eksportni amalga oshirish rejalashtirilgan.
25 sentabr 2026, 19:21 Iqtisodiyot
O‘zbekistonda 45 ming fermer va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 60% i sug‘urta bilan qamrab olinadi
Sug‘urta mukofotlarining 3−5% igacha bo‘lgan qismi epidemiyalar va tabiiy ofatlarga qarshi kurashishga yo‘naltiriladi.
9 sentabr 2026, 12:22 Biznes
Mashinasozlik, farmatsevtika va IT: Mirziyoyev Serbiya biznesi bilan hamkorlikning beshta ustuvor yo‘nalishini belgiladi
O‘zbekiston Serbiya kompaniyalari, jumladan, Gosa FOM bilan avtomobilsozlik va sanoat ehtiyot qismlarini birgalikda ishlab chiqarishni taklif qildi.
27 avgust 2026, 10:11 Iqtisodiyot
“10 yil oldin bu yerga uch tiyin ham olib kelib bo‘lmas edi” — Surxondaryo viloyati hokimi
Bu yil viloyat qo‘shni davlatlar ishtirokida $3 mlrd investitsiya jalb qilishni rejalashtirmoqda.
21 avgust 2026, 14:58 Iqtisodiyot
O‘zbekiston va Janubiy Koreya mandarin yetishtirish bo‘yicha hamkorlik qiladi
Bu borada Janubiy Koreya bilan hamkorlikda uning yetishtirish, saralash, qadoqlash va eksport qilish tajribasidan foydalaniladi.
12 avgust 2026, 18:24 Iqtisodiyot
Samarqandga Belarusdan yeri va chorvasi bilan tayyor fermalarni xarid qilish taklif etildi
Viloyatda Belarus brendlari ostida tolling asosida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish hamda ip-kalava va denim eksportini oshirish rejalashtirilmoqda.
7 avgust 2026, 09:23 Iqtisodiyot
Nasldor sigirlarni sotib olish va saqlash uchun 4 mln so‘mgacha subsidiya ajratiladi
Chorvachilik agentligi chetdan keltirilgan chorva mollarini yetkazib berish va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha kompaniya tashkil etadi.
31 iyul 2026, 10:16 Qonunchilik
Fermerlarga dizel xarajati uchun 2 mln so‘mgacha subsidiya avtomatik beriladi
Paxta va g‘alla yetishtiruvchilarga birja orqali xarid qilingan dizel yoqilg‘isi narxi 13 mln so‘mdan oshsa, oshgan summaning bir qismi subsidiya sifatida qoplanadi.
25 iyul 2026, 12:23 Iqtisodiyot
AQSH kompaniyasi o‘zbekistonliklarni mavsumiy ishga jalb qilish bo‘yicha hamkorlik qilmoqchi
Head Honchos kompaniyasi bilan hamkorlik memorandumini imzolash imkoniyatini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan.
23 iyul 2026, 12:46 Iqtisodiyot
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 516 turi uchun QQSning 0% stavkasi qo‘llaniladi
Adliya vazirligi paxta va g‘alladan tashqari 0% stavka tatbiq etiladigan mahsulotlar ro‘yxatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.
9 iyul 2026, 15:08 Iqtisodiyot
Mavsumiy tushum, kredit yuki va texnik xatolar: fermerlar nega ijtimoiy soliqni o‘z vaqtida to‘lay olmayapti?
Pensiya jamg‘armasi 622 ta korxona va fermer faoliyatini o‘rganib, ijtimoiy soliq bo‘yicha qarzdorlik ko‘pincha to‘lov intizomiga bog‘liq emasligini aniqladi.
26 iyun 2026, 17:37 Iqtisodiyot
O‘zbekiston AQSH sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bojlarni pasaytiradi yoki bekor qiladi
Yaqin orada o‘zaro savdo va sarmoyalarni rag‘batlantirish to‘g‘risidagi bitim imzolanishi kutilmoqda. Muzokaralar tezlashtiriladi.
12 iyun 2026, 18:49 Iqtisodiyot
O‘zbekistonliklar birinchi marta Fransiyadagi mavsumiy ishlarga taklif etilmoqda
Fuqarolar meva va sabzavot dalalarida ishlashlari mumkin. Oylik maosh 1650 yevroni tashkil etadi.
19 may 2026, 10:46 Iqtisodiyot
AQSH o‘zbekistonliklarni 10 oygacha mavsumiy ishlarga jalb qilishi mumkin
Amerikalik ish beruvchilar ingliz tilini biladigan va mehnatkash o‘zbekistonlik ishchilarga yuqori qiziqish bildirmoqda.
18 may 2026, 12:46 Iqtisodiyot
O‘zbekistonda tirik baliq, qo‘y, sigir, echki va asalarilar uchun QQS bekor qilinadi
Tuzatishlardan so‘ng QQS nol stavkada qo‘llanadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari turlarining umumiy soni 518 taga yetdi.
13 may 2026, 11:29 Iqtisodiyot
O‘zbekiston AQSH bilan mehnat migratsiyasi bo‘yicha yangi kelishuvlarga erishdi
Tomonlar tibbiyot xodimlari, yuk mashinasi haydovchilari hamda mavsumiy ishchilarni tayyorlash va ishga joylashtirish bo‘yicha hamkorlik qiladi.
13 may 2026, 09:59 Iqtisodiyot
O‘zbekiston oziq-ovqat mahsulotlarini majburiy sertifikatlashtirishni bekor qilishni rejalashtirmoqda
Qayd etilishicha, uchta idora negizida barcha nazorat jarayonlarini birlashtiradigan Oziq-ovqat xavfsizligi qo‘mitasi tashkil etiladi.
12 may 2026, 11:05 Qonunchilik
Fermerlarga dizel xarajatlarining 2 mln so‘mgacha qismi qoplab beriladi
Paxta va bug‘doy yetishtiruvchilarga kredit foiz xarajatlarining bir qismi uchun kompensatsiya ajratiladi.
4 may 2026, 15:27 Iqtisodiyot
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi yerlarini xorijliklarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijaraga berish taqiqlandi
Xorijiy investorlar yerni faqat viloyat hokimligi huzuridagi direksiya orqali olishlari mumkin.